

"Xorazm" ilk turda Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan to'qnash keladigan bo'ldi. O'tgan mavsumda "ajdarlar"ga jiddiy qarshilik ko'rsatgan bu jamoaning startdan ham umidi katta. Klub sport direktori Xursandbek Matkarimov o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.
"Xorazm" uchun qur'a o'rtacha keldi. Bundan yaxshi yoki yomon bo'lishi mumkin edi. 1-2 turda barcha jamoalarning darajasi bir xil bo'ladi, favorit deb qaralmaydi. Asosiysi o'zimizning o'yinimizga e'tibor qaratishimiz kerak.
Dastlabki bahsni o'z muxlislarimiz qarshisida g'alaba bilan boshlab olsak nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Superliganing startini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Yangi jamoa bilan yangicha o'yin ko'rishimiz aniq",- deydi Xursandbek Matkarimov.


