Xoland PSJni rad etdi. U ham bir yildan so'ng "Real"ga o'tmoqchi

Alisher
29 avg 2021
"Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland PSJga o'tmoqchi emas.

Parijliklar 21 yoshli forvardni "Real"ga kyetishni xohlayotgan Kilian Mbappening o'rniga ko'rib chiqayotgan edi.

Ammo, norvegiyalik PSJni rad etdi va ushbu mavsumni "Borussiya" bilan o'tkazishga qaror qildi. U ham bir yil o'tib Madrid jamoasiga yo'l olmoqchi.

Xolandning "Borussiya" bilan shartnomasiga ko'ra, kelasi yil 75 million evrolik tovon puli kuchga kiradi.

Forvard ushbu mavsum Bundesliga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe va MYU yarim himoyachisi Pol Pogbaning ham "Real"ga o'tishni xohlayotgani ma'lum.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti