Xoland Levandovskiga qiyoslandi

Eldor Akmurzayev
4 fev 2020
“Borussiya D” himoyachisi Mats Xummels jamoada parlayotgan 19 yoshli hujumchi Erling Xolandni “Bavariya” forvardi Robert Levandovskiga o'xshatdi.

“Xolandda barchasi yaxshi. Albatta, unga qanday ishlash bo'yicha maslahatlar berib turaman. 57 daqiqada u mening butun mavsumdagi golimdan ko'proq to'p kiritdi. Ko'p yillar Levandovski bilan o'ynaganman va Xolandni ko'rganimda, u menga Robertni eslatadi. Garchi, Erling hali uning darajasida etmagan bo'lsada. Shu erda ekanman Xolandning Dortmundda qolishiga qolishiga umid bildiraman. O'zimning istagim ham aynan shunday”, – deya qayd etgan germaniyalik. 

Avvalroq, Xoland – Bundesliga tarixida dastlabki uchta o'yinda ettita gol urgan yagona futbolchiga aylangani haqida xabar bergandik


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal