

Erling Xoland APLdagi gollari soni bo'yicha chempionat rekordni takrorladi. "Fulxem"ga qarshi uchrashuvda hisobni ochgan norvegiyalik futbolchi uchun bu gol APL mavsumidagi 34-gol bo'ldi.
Avvalroq, Xoland Salahning 38 turdan iborat formatdagi rekordini yangilagandi. Bugungi gol bilan esa Xoland Endi Koul va Alan Shirerning 34 ta goldan iborat rekordini takrorladi. Farqi shundaki, Shirer va Koul ushbu rekordni Angliya chempionati 42 turdan iborat bo'lgan payt qo'yishgan. Xoland keyingi golni kiritsa APL tarixida bir mavsumda gol urish bo'yicha yangi rekordni o'rnatadi.



