Xitoyning Tyanczin Teda klubi Yuventus sobiq hujumchisini sotib oldi
Narzulla Saydullayev
7 fev 2016, 10:22
Vengriyaning Uypesht klubi hujumchisi Mbaye Diane faoliyatini Tyanczin Tedada davom ettiradi.
Transfermarkt nashri xabariga ko'ra, 24 yoshli Yuventus sobiq hujumchisining transferi 1,9 million evroni tashkil etdi. 2015 yil yozida Turin klubi uni 1,15 millionga sotgandi.
Vengriya chempionatining 14ta o'yinida Diane 11ta gol urdi.