



Uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni xorvatiyaliklar ochishdi. Luka Ivanushech jamoadoshining o'ng qanotdan erlatib uzatgan to'pini darvoza to'riga joyladi.

Ikkinchi bo'limda Xu Jiakang o'rniga maydonga tushgan Jingbin Vang 89-daqiqada Andrey Prskalo qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilib, raqibni penaltilar seriyasiga taklif etdi.

Penaltilar seriyasida omad turnir mezboniga kulib boqdi.
Xitoy - Xorvatiya 1:1 (4:3)
Gollar: Ivanushech 36, Jingbin Vang 89.
Xitoy: Shi Ksyaotian, Sai Xukang, Chi Jongguo, Sui Min, Fan Ksyaodong, Gao Junyi, Xanven Deng, Xu Jiakang, Pei Shuai, Yang Shanping, Yin Xongbo.
Xorvatiya: Andrey Prskalo, Borna Barishich, Domagoy Antolich, Fran Tudor, Yakov Filipovich, Yosip Yuranovich, Yosip Mishich, Yosip Pivarich, Luka Ivanushech, Mirko Marich, Toni Datkovich.



