Xitoy klubi Altidorga 3 yil uchun 25 million dollar taklif qildi

Alisher
2 iyul 2019
AQSH va "Toronto" hujumchisi Jozi Altidor Xitoy klubiga ko'chib o'tishi mumkin.

Superliganing "Czyansu Sunin" klubi o'yinchining xizmatlariga qiziqmoqda.

Xabar qilinishicha, amerikalik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilinadi. U bu vaqt ichida 25 million dollar ishlab olishi mumkin.

"Czyansu" transfer uchun 10 million dollar atrofida to'lashi mumkin.

Altidor "Toronto"da yiliga 6 million dollar ishlab topadi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Washington Post