

"APL haqida orzu qilaman, chunki u erda hamma uchrashuvlar teng kurashlar ostida o'tadi. Biroq "Atletiko" bir umrlik shartnoma taklif qilsa, qolaman. Bu klubda ko'p narsalarni o'rgandim. "Atletiko"dan ketishim haqidagi mish-mishlarni xotirjam qabul qilaman va ularni agentlarim bilan muhokama qilaman" - deydi Ximenes.
Ximenes so'nggi mavsum LaLiganing 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.



