"Xetafe" muxlislari "Sevilya" bilan o'yin davomida argentinalik Akunyani "maymun" deb atashdi. Hakam o'yinni 10 daqiqaga to'xtatdi

Alisher
31 mar 2024
"Xetafe" muxlislari "Sevilya" futbolchisini irqiy kelib chiqishiga ko'ra haqorat qilishdi.

"Sevilya" La Liga 30-tur doirasidagi mehmondagi o'yinda "Xetafe" (1:0)ni mag'lub etdi.

O'yinning taxminan 60-daqiqalarida mezbonlarning ayrim muxlislari "maymun" deya atagan holda mehmonlarning argentinalik yarim himoyachisi Markos Akunyani haqorat qila boshlashdi.

Uchrashuv bosh hakami Ignasio Iglesias Vilyanueva o'yin delegatiga irqiy haqorat uchun La Liganing maxsus protokoli tayyorlashga ishora qildi. Suhandon stadion bo'ylab e'lon berdi. Taxminan o'n daqiqa o'tib o'yin davom ettirildi va oxiriga etkazildi.

Hozircha "Xetafe" muxlislariga nisbatan ehtimoliy jazolar haqida ma'lumot yo'q.


AlisherMuallif
Manba: Relevo