Xeness PSJ va "Manchester Siti"ni tanqid qildi

Mirjalol Normatov
13 noya 2021
"Bavariya"ning sobiq prezidenti Uli Xeness nima sababdan PSJ hamda "Manchester Siti" YCHLni yuta olmayotgani haqida gapirdi.

"Hozircha "Siti" va PSJ hech nimani yutgani yo'q. Ular yana "Bavariya"ga mag'lub bo'ladi va tamom. Albatta, bu bir umr bo'lmaydi. Ularni mag'lub etsak, xursand bo'laman. Ularga o'shanda: "Sizlarning axlatga teng pullaringiz hech nimani hal qilmayapti", deyman. 

Al-Helayfi futbolni qanchalik sevishini bilmayman. Farq? Men futbolda pulni ishlab topganman, u esa pullarni sovg'a sifatida olgan. PSJda hammasi bir mavsumga mo'ljallangan. Bu mening tushunchalarimga to'g'ri kelmaydi. Men avvalo moliyaviy tomonini o'ylab ko'raman va pullarni birdaniga ishlatib yubormayman. Shu sababli klub doimo rejasini birdaniga 3-4 yillik qilib belgilaydi", - dedi Xeness.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca