Xayrulla Xoliqov: "Kechagi Evro-2020 finalida qiziq epizod bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2021
Har bir katta musobaqaning eng esda qoladigan epizodi bo'ladi. Va bu epizodlar asosan final o'yinida sodir bo'ladi.

Masalan, JCH-98 finalida Faben Bartez braziliyalik Ronaldoning ustiga sakragani haligacha ko'pchiligimizning xotirasida qolgan. Yoki bo'lmasa JCH-2006 finalida Zidanning kalla qo'ygani, JCH-2010 finalida Inesta gol urgach, futbolkasini echib maydon bo'ylab yugurgani, Evro-2012 finalidan keyin Balotellining ko'z yoshlari, Evro-2016 finalida Krishtianu Ronalduning jarohat olishi va bosh murabbiyga o'xshab maydon chetida turib futbolchilarga ko'rsatma berishi va hokazo.


Xullas qaysi bir musobaqa finalini eslamang, nimadir epizod chiqib keladi. Kechagi Evro-2020 finalida ham qiziq epizod bo'ldi. Italiya terma jamoasi sardori Kellini bir vaziyatda o'zidan 18 yosh kichik Sakani futbolkasidan tortib qoldi. Agar o'sha payt Saka qochib ketganida gol urishi yoki golli pas berishi mumkin edi. Menimcha, yillar o'tib bu musobaqadagi aynan shu vaziyat ancha vaqtgacha ko'z oldimizda muhrlanib qoladi.




Xayrulla Xoliqov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia