Xayrulla Karimov: "Bu savolni izohsiz qoldiraman" - Mirjalol Qosimov "Nasaf" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumanida qatnashmadi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2021
O'zbekiston Coca-Cola kubogi yarim final bosqichidan o'rin olgan AGMK - Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Xayrulla Karimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




- O'yin haqida

- Uchrashuv haqida aytadigan bo'lsam, yigitlar bor kuchini berib o'ynadi. Hech kimga bu borada etirozimiz yo'q. Bu – futbol, shunaqa bo'lishi kerak ekan, bo'ldi. Jamoaning o'yin davomida ko'rsatgan xarakteridan juda ham mamnunmiz. Alamli mag'lubiyatga uchradik, lekin yigitlarga rahmat aytamiz.

- AGMK o'yin davomida ko'plab noaniq uzatmalarni amalga oshirdi. Bu mavsum yakunidagi charchoq bilan bog'liq xolatmi?

- Albatta, charchoq bo'ladi. Bugun yigitlar borlarini berib harakat qilishdi. Bitta o'yin – bitta imkoniyat. Final yo'llanmasiga ega chiqish uchun harakat qildik. O'yin borasida hech qanday etiroz yo'q.

- AGMK gol o'tkazganidan so'ng hujumlarni kuchaytirdi. Bunga qadar ham shunday harakat qilish mumkin edi...

- Biz harakat qildik. "Nasaf" kuchsiz jamoa emas, ular etarlicha qarshilik ko'rsatishdi. Yuqorida aytganimdek, yigitlar bugun borlarini berib harakat qilishdi. Yutib ketishimiz ham mumkin edi. O'yin muxlislarga manzur bo'ldi deb o'ylayman.

- Hakamlik haqida nima deya olasiz?

- Hakamlar ishini muhokama qilmoqchi emasman. Ularning ishini baholaydigan qo'mita bor. Bu savolni izohsiz qoldiraman.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia