Xavi van de Bekning "Barselona"ga transfer variantini rad etdi

Alisher
22 noya 2021
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bekning transferini rad etdi.

Kataloniya klubi yarim himoyachi bilan ehtimoliy transfer borasida uning fikrini bilish uchun bog'landi. Van de Bek "Barselona"ga o'tish imkoniyatidan mamnun bo'lishini aytdi.

Ammo, Xavi yarim himoyachiga ehtiyoj sezmayotgani sabab ushbu variantni rad etdi.

24 yoshli niderlandiyalik joriy mavsum 6ta o'yinda maydonga tushib, 1 gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport