Xavi: "Real" futbol o'ynamayapti, ular boshqa sport bilan shug'ullanishmoqda"

Aslanov Jasurbek
22 dek 2018
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi, ayni damda "Al-Sadd" sharafini himoya qilayotgan Xavi Ernandes "Real"ning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

"So'nggi vaqtlarda "Real" futbol o'ynamayapti. Ular boshqa sport turi bilan shug'ullanishyapti. Bazi futbolchilarning individual harakatlari tufayli "Real" so'nggi mavsum Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi. "Qirollik klubi"da javoaviy o'yin yo'q, ular g'alabani o'yinchilarning darajasi evaziga qo'lga kiritishmoqda.

Ronaldu? "Real"ga Krishtianusiz yaxshiroq bo'ladi deb o'ylagandim. Biroq hozir ular Ronalduga muhtoj" - deydi Xavi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com