Xaverc "Bayer" xo'jayinlari bilan uchrashib, o'zini "Chelsi"ga qo'yib yuborishga ko'ndirmoqchi

Alisher
22 iyul 2020, 14:13
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverc "Chelsi"ga o'tishni qattiq xohlamoqda.

Payshanba kuni "Bayer" mashg'ulotlari davom ettirilganda, Xaverc klub rahbariyati bilan uchrashmoqchi.

Xaverc uchrashuv davomida "Bayer" rahbariyatiga uni "Chelsi"ga qo'yib yuborishlari kerakligini tushuntirmoqchi.

Oldinroq, "Chelsi"ning 80 million evro evaziga Xavercni transfer qilishga yaqinligi haqida xabarlar yangragan edi.

Xavbek joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild