Xaver Pastore: Chelsiga kiritgan golim faoliyatimdagi eng muhimlaridan biri

Aziz Tukhtamuradov
3 apr 2014
PSJ yarim himoyachisi Xaver Pastore Chelsi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Chelsi" gol urishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa xam mayli, biz o'zimizga kerakli natijaga erisha oldik. Ikkita to'p farqi - yomon emas.

Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. G'alaba qozonganimizdan va gol kiritganimdan hursandman.

– Bu golni faoliyatingizdagi eng muhimi desak bo'ladimi?

– Bo'lishi mumkin. Agar "PSJ" yarim finalga yo'l oladigan bo'lsa shubxasiz mumkin. Ajoyib gol. Undan xam muximi jamoa g'alaba qozondi, – deb aytib o'tdi argentinalik futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru