Xamren: "Ibragimovich MYUga o'tishi borasidagi mish-mishlarga chalg'imaydi"

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2016
Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Erik Xamren jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovichning "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Futbolchilarimda bo'sh vaqt bor va bu soatlarda ularning harakatini nazorat qila olmayman. Ammo Ibragimovich Manchesterga uchib ketsa, bu yaxshi ish bo'lmaydi. Mish-mishlar Zlatanga ta’sir qilmaydi deb o'ylayman. U anchadan beri futbolda va bunday paytda qanday harakat qilish kerakligini yaxshi biladi. Matbuot Zlatanga ko'proq e'tibor qaratadi, ammo jamoa Evroga tayyorgarlik haqida o'ylayapti" - deydi Xamren.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal