Xames "Everton"ga "Chelsi"ga qarshi o'yinda yordam bera olmaydi

Alisher
12 dek 2020
Yarim himoyachi Xames Rodriges Angliya chempionati 12-turi doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

29 yoshli kolumbiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining o'tgan turi doirasidagi "Byornli" (1:1)ga qarshi o'yinda jarohat oldi va undan keyingi haftada umuman shug'ullanmadi.

"Ko'klar"ga shuningdek Sheymus Koulman, Lyuka Din va Fabian Delf yordam bera olmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Everton" - "Chelsi" o'yini bugun bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: football.london