Xames 25-30 mln evro evaziga "Everton"ga o'tishga yaqin

Alisher
26 avg 2020
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Everton"ga o'tishga yaqin.

Tomonlar 29 yoshli kolumbiyalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishga yaqinlar. "Real" xavbek uchun 25-30 mln evro mablag' oladi.

"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Xames bilan "Real" va "Bavariya"da ishlagan va uni Angliyaga o'tishga aynan italiyalik mutaxassis ko'ndirgan.

Aynan Anchelottining jamoada ishlashi Xamesni ushbu transferiga rozi bo'lishiga sababchi bo'lgan.


AlisherMuallif
Manba: Marca