Xakim Fuzaylov: "Jamoa yutqazsa, barcha mas'uliyat murabbiy zimmasiga tushadi"

Оқил Абдубарноев
25 may 2022
Pro-liganing 10-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Xakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Bugungi uchrashuv qiyin o'tishi avvaldan ma'lum edi. Boisi "Mashal" ketma-ket 3 ta turdan buyon mag'lub bo'layotgandi. Bugun ular maydonda borlarini berib g'alabaga harakat qilishlarini bilardik.

Jamoa yutsa, yutuq hammaniki. Yutqazsa, barcha mas'uliyat murabbiyning zimmasiga tushadi. Qo'lni tushirmaymiz, kurashishda davom etamiz. Chempionatning endigina 2-davrasi boshlandi, oldimizda uzoq mavsum kutib turibdi. 

- Darvozabon almashtirilishi nima bilan bog'liq? Uning o'yinidan qoniqmadingizmi yoki bunga jarohat sabab bo'ldimi?

- Yo'q, darvozabon o'yinni yaxshi o'tkazayotgandi. U o'sha penalti belgilangan vaziyatda hujumchi bilan to'qnashib kyetib jarohat oldi. Shu bois uning o'rniga Qobuljonovni tushirdik.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia