Xayrulla Karimov "Navbahor"ga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
2 may 2014
"Bunyodkor" himoyachisi Xayrulla Karimov Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan "Navbahor"ga qarshi uchrashuvida maydonga tusha olmaydi.
Sababi tajribali himoyachi o'tgan turda "Buxoro"ga qarshi bahsda Ravshan Ermatov tomonidan qizil kartochka bilan jazolangandi.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi bugun soat 18:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia