We Global Football: O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati Avstraliyadan yuqori

Narzulla Saydullayev
16 okt 2024
We Global Football portali Osiyo qitasi jamoalarining 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlarini yangiladi.

Eron bilan 0:0 hisobidagi durangdan keyin O'zbekistonning shu bosqichdayoq yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyati 82 foiz edi.

BAA terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etganidan keyin O'zbekistonning mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati 93.1 foizga etdi.

Terma jamoalarning shu bosqichdan JCHga chiqish imkoniyatlari:

Yaponiya- 99.99%
Eron - 99.6%
Koreya Respublikasi - 99.5%
O'zbekiston - 93.1%
Avstraliya - 75.1%
Iroq - 53.4%
Iordaniya - 41.6%
Saudiya Arabistoni - 16.7%
Bahrayn - 7.9%
O'mon - 5.4%



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: x.com/We_Global