"Vulverxempton" Xulen Lopetegini bosh murabbiy etib tayinlaydi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2022
O'tgan haftada "Sevilya"dan iste'foga chiqarilgan mutaxassis APL klubi boshqaruviga kelish arafasida.

"Bo'rilar" Lopetegini jamoa ustozi, deb tayinlashdan avval biroz kutishiga to'g'ri keladi. Premer-ligada kurash olib borayotgan klub mutaxassisni darhol Brunu Laje o'rniga keltirilishi mumkin edi. Biroq 56 yoshli murabbiy ushbu hafta oxiriga qadar oilaviy ishlari bilan shug'ullanadi. 

Lopetegi chorshanba oqshomida "Sevilya"ning "Borussiya" Dortmundga 1:4 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi. Uning boshchiligida jamoa ushbu mavsumdagi 10 o'yinning 6 tasida yutqazdi. Xorxe Sampaoli uning o'rniga jamoa boshqaruviga jalb qilindi.

Xulen Lopetegi davrida "Sevilya" qatorasiga uch yil Chempionlar Ligasiga yo'llanma oldi va 2020 yilda Yevropa Ligasi chempioni bo'lishni uddaladi. Mavsumni kutilganiday boshlay olmaganiga qaramay, Lopetegi chorshanba kuni "Ramon Sanches Pisxuan" muxlislari olqishiga sazovor bo'ldi.





Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail