"Vulverxempton" MYUning qimmatbaho himoyachisini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
13 may 2018
Keyingi mavsumda APLda qatnashadigan "Vulverxempton" himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.

Britaniya matbuoti xabariga ko'ra, "bo'rilar" "Manchester Yunayted" futbolchisi Viktor Lindelofni ijaraga olmoqchi va bir mavsum davomida doimiy o'yin amaliyoti berishga tayyor.

Bu mavsumda 23 yoshli himoyachi MYU tarkibida 29 uchrashuvda qatnashdi. U o'tgan yilning yozida "Benfika"dan MYUga 35 mln evro evaziga transfer qilingandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror