"Vulverxempton" futbolchisi "Barselona"ga o'tishni istaydi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2023
"Vulverxempton" futbolchisi Gonsalu Gedesh "Barselona"ga o'tishni istamoqda.

"As" xabariga ko'ra, "bo'rilar" xavbeki o'z fikrini agenti Jorje Mendeshga aytib qo'ygan. Qayd etilishicha, futbolchining oldida "Atletiko" va "Benfika"dan takliflar bor, biroq u Kataloniya klubini istamoqda.

Gedeshning "Vulverxempton" bilan kelishuvi 2027 yil yoziga qadar davom etadi. Moliyaviy holati sababli "Barselona" transferlarga katta mablag' ajrata olmaydi. Shu sababli klub uni arzonroq summa evaziga ijaraga olish variantini ko'rib chiqishi mumkin.

Ushbu mavsum APLda Gedesh 13 o'yinda qatnashib, 1 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As