Voyneski: "Maydondagi o'yin natijaga mos bo'lmadi"

Mirjalol Normatov
19 apr 2022
OCHLning 3-turi doirasida "Al Duhayl"ga mag'lub bo'lganidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Maydonda o'yin qanday borgani va natija umuman mos bo'lmadi. Birinchi bo'limda raqib ikkita zarba berdi va har ikkisi gol bilan tugadi. Keyin esa uchinchi to'pni o'tkazdik. Bellashuv mobaynida ko'plab vaziyatlar yaratdik, biroq to'pni darvozaga kirita olmadik. Raqib burchak zarbasi va uzun uzatmalardan so'ng gol urib ketdi.

Edmilsonni to'xtatish uchun odatiy bir o'yinchini biriktirdik, unga alohida e'tibor sababli boshqalarni bo'sh qoldirganimiz yo'q. Bazi futbolchilarda individual xatolar bo'ldi. Navbatdagi ikki o'yinda g'alaba uchun harakat qilamiz", - dedi Voyneski.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia