“Volfsburg” va Daniya termasining sobiq a'zosi koronavirusga chalindi

Eldor Akmurzayev
5 mar 2020
Tomas Kalenberg ushbu virusni Amsterdamga safari vaqtida yuqtirib olgan, deya xabar qiladi “Brondbyu” futbol klubi rasmiy sayti.

Kalenberg 1 mart kuni Daniya chempionatidan o'rin olgan “Brondbyu” – “Lyungbyu” o'rtasidagi (1:0) bahsni tomosha qilish uchun stadionga kelgan. Bryonnbyu shahri jamoasi rahbariyati Tomasning o'yin davomida kimlar bilan muloqatda bo'lganini aniqladi. Shu bois hozirda 13 kishi, ularning ayrimlari klub a'zolari va futbolchilari karantin ostida bo'lib turishibdi. “Brondbyu” Kalenberg bilan suhbatlashgan yoki uning yonida turgan muxlislar ham bu haqda klubga xabar berishga chorlagan. 

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli xavbek 2017 yili “Brondbyu” safida faoliyatini yakunlagan. Shuningdek, u “Oser”, “Evian”, “Volfsburg” kabi jamoalar safida harakat qilgan edi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: brondby.com