"Men hali to'xtab qolganim yo'q. "Qizilqum"ga o'tganimdan keyin yana rivojlanishni boshladim. Albatta, yana terma jamoaga qaytishga ishonch bor. Axir nima uchun bunday ishonch bo'lmasligi kerak? Men doim yaxshilikka intilaman. Men uchun hammasi tugadi deyishga hali erta. Yana terma jamoaga qaytishga harakat qilaman. Bu yo'lda to'xtab qolmayman", - deydi Vohid Shodiev "Futbol Ekspress" gazetasiga.
Ma'lumot uchun, Shodiev 2014-2015 yillarda O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib 14ta o'yinda 3ta gol urishga erishgan. Hujumchi Avstraliyada o'tgan Osiyo Kubogida ishtirok etib Saudiya Arabistoni darvozasiga to'p kiritgandi.