

Ayni damda FIFA tasarrufiga kiruvchi turnirlarda yangi joriy etilgan qoidalar amalda qo'llanildi.
Ma'lumot uchun, shu yilning oktyabr oyida Bahraynda bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari ham yangi joriy qilingan qoidalar asosida o'tkaziladi va bu borada unda ishtirok etuvchi barcha terma jamoalarga ma'lum qilingan.
Bu borada O'FF terma jamoalar markazi barcha yoshdagi terma jamoalarga ayni damda amaliy hamda nazariy qo'llanmalarni taqdim etishni va turli seminarlar tashkil etishni rejalashtirgan. Aynan shunday seminarlardan biri O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi ishtirokida 4 avgust kuni Toshkentdagi Chig'atoy o'quv bazasida bo'lib o'tadi. Mazkur seminarni O'FF Terma jamoalar markazi taklifiga ko'ra FIFA referisi Vladislav Seytlin olib boradi.
O'zbekistonning yetakchi hakamlaridan biri, FIFA referisi Vladislav Seytlin seminar davomida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zolariga yangi o'yin qoidalari bo'yicha tushuntiruv ishlarini olib boradi. Shuningdek, seminar davomida futbolchilar va murabbiylar shtabi yangi qoidalar borasida amaliy hamda nazariy bilimlarga ega bo'lishadi.



