Vladislav Seytlin kubok finalini ilk marta boshqaradi

Aslanov Jasurbek
28 noya 2016
O'zbekiston kubogi – 2016 final uchrashuvini boshqaradigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, bu yilgi final bahsini FIFA hakami Vladislav Seytlin ilk marta boshqaradi. Ushbu hakam shu paytgacha kubok finallarida bosh hakamlik qilmagan.

Kubok finalida V.Seytlinga qanotlarda toshkentlik hakamlar Timur Galeev va Akbar Po'latovlar yordam berishadi. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida Zokirjon Qodirov ishlaydi. Navoiy shahridan.

Final uchrashuvida hakamlar ishini Sardor Najafaliev nazorat qiladi. Toshkent shahridan.

XXIV O'zbekiston kubogi finali

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)

30.11.2016. Samarqand sh., “Dinamo” stadioni. 13:00da

Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent)

Yordamchi hakamlar: Timur Galeev, Akbar Po'latov (Toshkent)

Zaxira hakami: Zokirjon Qodirov (Navoiy)

Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnasaf.uz