

Ma'lumki, FIFA hakamligida yosh chegarasi 45gacha qilib belgilab qo'yilgan. Shuning uchun, endilikda Vladislav Seytlin OFK va FIFA istruktorligi faoliyatini boshlaydi.
Ushbu munosabat bilan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi o'zbekistonlik hakamga uzoq yillar davomida hakam sifatida ko'rsatgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirish va bo'lajak instruktor sifatida uni tanishtirish maqsadida 2017 yilning 19 yanvar sanasida Kuala-Lumpurga taklif etdi.
“Vladislav Seytlin xalqaro musobaqalardagi hakamlik faoliyatini yakunlashiga qaramay, O'zbekiston chempionati va kubok bahslarida hakam sifatidagi faoliyatini davom ettiradi. O'zbekistonda hakamlar uchun yosh chegarasi 48 qilib belgilangan”, - deydi O'zbekiston Futbol Federatsiyasi hakamlar va inspektorlar departamenti boshlig'i Noil Lutfulin.
Takidlash kerakki, Seytlin shu yilning 10 – 19 may hamda 20 – 27 oktyabr kunlari UEFAning hakamlar mahoratini oshirish markazining maxsus dasturi doirasidagi istruktorlik o'quv-kurslarida tahsil olib qaytgan edi.



