Vitsel "Yunayted"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
23 dek 2018
"Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Aksel Vitselni transfer qilmoqchi.

Mankunianliklar bosh murabbiyi belgiyalikning transfer qilinishini istamoqda.

Vitselning "arilar" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Bu mavsumda u "Borussiya" tarkibida 24 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bristol Live