Vitsel nega "Atletiko"ga o'tganini tushuntirdi

Alisher
7 iyul 2022, 12:10
"Atletiko" yangi o'yinchisi Aksel Vitsel nega Madrid klubiga o'tganini tushuntirdi.

"Atletiko" men uchun - ajoyib top-klub. Yuqori darajada qolishni va Chempionlar Ligasida o'ynashni xohladim. Shu sabab bu erga kelishga qaror qildim. Simeone? El Cholo - dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan va men u bilan ishlashni xohlayman.

Bu yerdagi muxlislarda aqlbovar qilmas muhit bor. "Zenit" bilan eski stadionda ["Visente Kalderon"] o'ynaganimda va "Borussiya" bilan ushbu ["Vanda Metropolitano"] stadionda to'p tepganimda muhim shunchaki aqlbovar qilmas edi. O'zimda ushbu atmosferani his qilish uchun ishni boshlashni va ushbu stadionda bo'lishni xohlayman", - deydi Vitsel.



Vitsel o'tgan mavsum Dortmundning "Borussiya" jamoasi safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com