“Vitess” o'z tarixida ilk marta Gollandiya kubogini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
1 may 2017, 01:39
Gollandiya kubogi finalida “Vitess” futbolchilari “Az Alkmar” klubini mag'lub etishdi.

Bungacha uch marta finalda ishtirok etib barchasida mag'lub bo'lgan “Vitess” jamoasi o'z tarixida ilk bor mamlakat kubogi sohibiga aylandi. Natijada klub kelgusi mavsumda Yevropa ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

AZ Alkmar – Vitess 0:2 (0:0, 0:2)

Gollar: 0:1 – 81 van Volfsvinkel, 0:2 – 88 van Volfsvinkel.

AZ Alkmar – Krul, Vlar, van Eyden (Fraydey, 83), Xaps, Lyukkassen, Vyuytens, Svensson, Jahonbaxsh, van Overem (Sentes, 67), Souza (Bel Xassani, 79), Vegorst.

Vitess –Rom, Kashiya, Kreysveyk, Lyerdam (Diks, 84), Myazga, Beyker, For (van der Verff, 90), Rashica, Nakamba, Natan (Tigaduini, 73), van Volfsvinkel.

Ogohlantirish: van Volfsvinkel (77), Lyukkassen (77).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru