Vitaliy Mutko: “Rossiya terma jamoasi uchun vazifa oddiy – muntazam Yevropa va Jahon chempionatida ishtirok etish”

Alisher
19 okt 2019
Rossiya futbol ittifoqining sobiq prezidenti Vitaliy Mutko mamlakat milliy jamoasining oldindagi maqsad va vazifalari haqida gapirib o'tdi.

“Terma jamoamiz Evro-2020 ga yo'llanma olganidan juda mamnunman. Bizning termamiz bu guruhdan chiqishi shart edi. Rossiya milliy terma jamoasining sodda vazifasi bor – yani har doim Jahon va Yevropa chempionatlarida o'ynash. Ishonamanki, ular bunday minimal topshiriqni bajara olishadi. Rossiya munosib o'yin namoyish etdi. Bu bizga Belgiya va bir qator kuchli termalar bilan bir qatorda turishimizni anglatadi” , - dedi Mutko.


AlisherMuallif
Manba: РИА Новости