Vitaliy Mirniy: "Shamol bo'lmaganda o'yin boshqacha ruhda kechardi"

Narzulla Saydullayev
10 mar 2018
"So'g'diyona" - "Neftchi" (0:0) o'yinidan so'ng "Neftchi" darvozaboni va farg'onaliklar safida "o'yinning eng yaxshi o'yinchisi" deb topilgan Vitaliy Mirniy o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Raqiblarimiz ham bizga qattiq qarshilik ko'rsatishdi. O'yinni ko'rish uchun Farg'onadan ko'plab muxlislar kelganini ko'rdim. Albatta o'yin davomida ularning daldasini his etib turdik. Ularga katta rahmat.

O'zingiz qanday bo'ron bo'lganini ko'rdingiz. Bunday ob-havoda to'p surish juda mushkul. O'zbekistondagi ilk rasmiy bahsimni o'tkazdim. Taassurotlar ajoyib. Ochig'i, bugungi ob-havo uchrashuv natijasiga jiddiy ta’sir o'tkazdi. Shamol bo'lmaganda balki o'yin boshqacha ruhda kechardi - dedi Mirniy. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz