

Tadbir oldidan "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoning fikrlari bilan qiziqdik.
"Biz uchun qiyin mavsum bo'ldi. Birinchi davra omadsiz o'tgan bo'lsa, ikkinchi davrada omadimiz keldi. Eng muhimi vazifani bajardik va Superligada qoldik. Albatta. "Neftchi"da birinchi o'rinda ahil kollektiv tuzdik. Oldimizda vazifa bor edi. Yigitlar birlashib buni bajarishdi. Ularga katta rahmat aytaman.
Selekciya ishlariga kelsak, ishlayapmiz. Mish-mishlar uchrab turibdi. Buni yaxshi bilasiz. Futbolchi klub bilan shartnoma imzolamaguncha, u bizning futbolchi hisoblanmaydi. Rasman shartnoma imzolasak maum qilamiz albatta",- deydi Vitaliy Levchenko.



