Vitaliy Levchenko: "Jamoaning har bir a'zosi professional kayfiyatda bo'lishi kerak"

Administrator
12 apr 2024
O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Do'stlik" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- G'alaba bilan jamoa muxlislarini va a'zolarini tabriklayman. Yaxshi o'yin o'tkazdik. Raqib Pro-liga klubi edi, bizga yaxshi qarshilik ko'rsatishdi. Uchrashuvni to'liq nazorat qilishga urindik, deyarli shunday bo'ldm. G'alaba jamoa uchun motivaciya bo'ladi. Yana bir bor barchani g'alaba bilan tabriklayman.

- Ikkinchi bo'lim boshidanoq o'zgarishlarga sabab nima?

- O'yinda tezkorlikni kuchaytirishimiz zarur edi. Ko'rdingiz, tez harakat qiladigan futbolchilarni maydonga tashladik. O'yinimiz yanada kuchaydi, nazoratni qo'limizga oldik.

- Klubda qarzdorliklar borligi haqida gap-so'zlar yuribdi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Jamoaning har bir a'zosi professional kayfiyatda bo'lishi kerak. Individual suhbatlarda, yig'ilishlarda yigitlarga buni tushuntiramiz. 

- Sanjar Qodirqulovning goli sizga maqul keldimi?

- Albatta, bu gol juda chiroyli chiqdi. Takidlash joiz, golda ijrochining mahorati alohida ahamiyat kasb etdi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia