Vitaliy Levchenko: "Iflos futbol?" Men bunday ko'rsatma bermaganman"

Оқил Абдубарноев
7 noya 2022
"Nasaf" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

"Yaxshi o'yin bo'ldi. "Nasaf" tashabbusga ega bo'ldi, biz atayin to'pni raqibga berdik va ikkinchi raqamda, qarshi hujumlarda o'ynashga qaror qildik. So'nggi daqiqalarda gol ura oldik. 

"Nasaf"da 1-2 ta vaziyat bo'ldi, ammo ulardan foydalana olishmadi. Balki bugun omad ham kulib boqqandir. Ketma-ket uchta mag'lubiyatdan keyin yigitlar bilan gaplashib oldik va xatolarni tahlil qildik", - dedi Vitaliy Levchenko

- "Neftchi" o'yindan avval ligada qolishini bilardi, ammo jamoainiz xuddi finaldek harakat qilishdi...

- Biz bu erga kurashish uchun kelgandik. Sababi musobaqa jadvalini ko'rgandingiz, bizdan avval tugagan uchrashuvlardan qatiy nazar motivaciya kuchli edi. Natijalarni eshitganimizdan keyin elkamizdan tog' ag'darildi va yigitlar ekin o'ynashdi. 

- "Istiqlol"da ishlagangizda ham, "Neftchi"dagi oldingi o'yinlarda ham chiroyli futbol namoyish etardi. Ammo bugun ayniqsa birinchi taymda "iflos futbol" namoyish etildi. Hatto qaysidir futbolchining oyog'i sinib ketsa ham bunchalik qattiq baqirmaydi...

- Bu savolingizga javob bera olmayman. Shaxsan men ularga yotib olish bo'yicha ko'rsatma bermaganman, ishoning. Aksincha futbolchilarga tartibli o'ynash bo'yicha ko'rsatma bergandim. 

- Boshqa jamoa sizlarga bugungi yutuq uchun mukofot puli taklif qilgani haqida mish-mishlarni eshitdik...

- Bizda standart vaziyat edi. Musobaqa jadvalida qayerda ekanimizni ko'rdingiz. Shu bois o'z maqsadlarimizni bajarish uchun o'ynadik xolos. 

- Keyingi yilgi vazifa va maqsadlar qanday? 

- Hozircha bu haqda bilmayman, barchasi viloyat hokimi bilan uchrashuvdan keyin ma'lum bo'ladi. Men kelganimida oldimga ligada qolish vazifasi qo'yilgandi. Keyingi yil nima bo'lishini endi bilamiz.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia