

30 yoshli himoyachi jarohati sabab milliy terma jamoa safida Tailandga qarshi o'rtoqlik o'yini va Eronga qarshi JCH–2018 saralash bosqichi uchrashuvini o'tkazib yuborgandi. Ayni vaqtda u shifokorlar nazorati ostida bo'lib turibdi va tiklanish jarayonini o'tkazyapti.
Shifokorlar xulosasiga ko'ra, Denisov 31 avgustgacha jarohatidan tuzaladi hamda Xitoy bilan o'yinda maydonga tushishi mumkin bo'ladi. Avvalroq Vitaliy Denisov JCH–2018 saralash bosqichidagi Suriya va Qatar terma jamoalariga qarshi o'yinlarni ham qo'yib yuborgandi.



