Vitaliy Denisov: "Krilya Sovetov"da ko'nikish jarayoni tez o'tadi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
23 avg 2018
Ijara asosida "Krilya Sovetov"ga o'tgan "Lokomotiv" himoyachisi Vitaliy Denisov Samara jamoasidagi birinchi mashg'uloti haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 2018/19 mavsumni oxirigacha Samara klubi sharafini himoya qiladi.

"22 avgust tongida Samaraga yetib kelib, shu kunning o'zida birinchi mashg'ulotni o'tkazdim. Yaxshi uxlay olmadim. Jamoaga kirishib ketishim, yigitlar bilan tanishishim kerak. Ko'nikish jarayoni tez o'tadi deb umid qilaman. Yuqori natijalarga erishish uchun jamoaga bor kuchim bilan yordam beraman" - deydi Denisov.

"Krilya Sovetov"ning Rossiya Premer-ligasidagi navbatdagi bahsi 27 avgust kuni "Enisey"ga qarshi bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kc-camapa.ru