Vitaliy Denisov: "Chempion aniqlanishigacha yarim yil bor"

Narzulla Saydullayev
3 dek 2013
"Lokomotiv" himoyachisi Vitaliy Denisov kechagi "Kuban" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Sovrin uchun kurasha olamizmi? Men taxminlarni yomon ko'raman. O'zim ham taxmin qilmayman, boshqalarga ham maslaxat bermayman. Hali ancha o'yinlar bor. Mavsum bahorda tugaydi, bu degani hali yarim yil kurshamiz deganidir. Bizning maqsadimiz – o'yindan o'yinga e'tibor qaratish. Aniq raqibga qarshi yaxshi tayyorlanib maydonga tushish. "Kuban"ga qarshi qanday o'ynash kerakligini bilardik, raqib bizni kichik xato uchun ham kechirmas edi. Futbolda doim xatolar bo'ladi. "Kuban" xatolarga yo'l qo'ydi va biz imkoniyatlardan foydalandik", - deydi Denisov "SE" nashriga. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru