

Klopp jamoani tark etganidan so'ng bizda o'tish davri bo'ladi va men bu o'tish davrining bir qismida ishtirok etmoqchiman. Klub yangi murabbiy bilan muzokaralar olib bormoqda. Men bu erda baxtliman, men ushbu klubni yaxshi ko'raman va buni sizlar ham ko'rishingiz mumkin.
Liverpul mening oilamga aylanib bo'ldi. Oilamni tark etamanmi? Yo'q! Buni o'ylashni ham istamayman, - dedi himoyachi.
Ma'lumot uchun, Virjil van Deyk Liverpulga 2018 yilning yanvar oyida kelib qo'shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



