Virc shu yozda "Bayer"dan kyetmaydi. "Bavariya", "Real", "Barsa" va APL klublari u bilan 2025 yilda shartnoma imzolashga urinib ko'radi

Alisher
16 iyun 2024, 15:25
"Bayer" shu yozda Florian Vircni qo'yib yubormoqchi emas.

"Bayer" murabbiy Xabi Alonsoga 21 yoshli yarim himoyachining kelasi mavsum klubda qolishiga kafolat berdi.

Ammo, nemis 2025 yilning yozida klubdan ketishi mumkin. Florianga "Bavariya", "Real", "Barselona" va APL klublari qiziqmoqda.

Virc o'tgan mavsum "Bayer" safida barcha turnirlarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 20ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/iMiaSanMia