Vinisius yangi shartnoma bo'yicha "Real"da Mbappedan ko'proq maosh olishni istamoqda

Administrator
20 iyul 2025
"Real" va Vinisius Junior kelgusi yili yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettiradi.

As xabariga ko'ra, Vinisius o'z agenti orqali klubga yangi shartnoma shartlariga ko'ra soliqlar to'langandan keyin yiliga 20 million evro olishni xohlayotganini ma'lum qilgan. 2022 yilda imzolangan hozirgi shartnomaga ko'ra, vinger har mavsumda o'rtacha 15 million evro oladi.

Xabar qilinishicha, "Real" Vinisiusga Kilian Mbappedan (yiliga 15 million evro) ko'proq maosh taklif qilishni xohlamayapti, biroq francuz futbolchining shartnoma imzolashda olgan taxminan 40 million evrolik bonusini yashirin maosh deb hisoblash mumkin.

Takidlanishicha, Vinisiusga 5 mavsumga 1 milliard evro to'lashga tayyor bo'lgan Saudiya Arabistonining taklif ortiq amalda emas va endi Vini hamda "Real"ning muzokaralardagi mavqelari tenglashgan. Braziliyalik futbolchining yaqinlari yangi shartnoma bo'yicha muhokamalar 2026 yilda qayta boshlanishini taxmin qilmoqda. Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2027 yilda tugaydi.


AdministratorMuallif
Manba: As