Vinisius Mbappe bilan bo'ladigan bitimga qo'shilishi mumkin

Alisher
5 noya 2020
"Real" PSJ forvardi Kilian Mbappe bilan bo'ladigan ehtimoliy bitimga jamoa vingeri Vinisius Juniorni qo'shishga tayyor.

Bunday almashinuv parijliklarning Mbappening "Real" o'yinchisiga aylanishi uchun qo'ygan talabidir. "Real" shuningdek fransiyalik futbolchi uchun qo'shimcha 160 million evro to'lashi kerak.

Ushbu transferga esa Vinisius Juniorning Madriddan ketishni xohlamasligi to'sqinlik qilishi mumkin.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: AS