Vinisius Junior: "Tanamga tatuirovkalar chizdirmayman, chunki otam bunga ruxsat bermaydi"

Aslanov Jasurbek
18 dek 2018
"Real"ning yosh iqtidorli futbolchisi Vinisius Junior o'zining hayot tarzi haqida gapirib berdi.

"Haftada ikki marta sartaroshga boraman. TVda yaxshi ko'rinish kerak. Sevgan qizim yo'q. Hammasining o'z vaqti bor.

Ayni damda men uchun yangi hisoblangan o'yin uslubiga ko'nikyapman. Bu yerda temp boshqacha, ammo asta-sekinlik bilan o'zimga bo'lgan ishonchni oshiryapman.

Tanamga tatuirovkalar chizdirmayman, chunki otam bunga ruxsat bermaydi.

16 yoshimda "Flamengo"da debyut qilib, 18ga kirganimda "Real" futbolchisi bo'laman deb o'ylamagan edim" - deydi Vinisius Junior.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte