Viktor Kumikov: "Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi"

Sherzod Nurmatov
25 sen 2021
Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Andijon" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Viktor Kumikov o'z fikrlarini bildirdi.





- O'yin haqida

- Rostini aytsam, kayfiyatim yo'q. Ikki jamoa ham kurash olib borishdi. Afsuski, ikkinchi o'yindirki, so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuboryapmiz. Penalti qanday yuzaga kelganini bilmayman, palapartishlik ro'y berdi. U holatda hamma qoidani buzdi. 1:0 vaqtida albatta, narigi tomonga penalti berishyapti. Bizga esa bunday emas. Emociyaga berilib gapirayotgandirman, bir oz xafaman. 

- Jamoangiz darvozabonining o'yinidan qoniqmadingizmi? Etiroz bildirdingiz...

- To'pni yaqinimizdagi hududga emas, uzoqroqqa tepish kerak, shuning uchun etiroz bildirdim. Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi. Futbolchilarimiz to'pni qaytarishlariga ishonishgandi.

- Sizningcha, "Paxtakor" Qozog'iston premer-ligasida o'ynaganida, taxminan qaysi o'rinni band etgan bo'lardi?

- Yetakchilar qatorida yurgan bo'lardi. "Qayrat", "Astana" kabi jamoalar bilan raqobatlashardi.

- "Andijon" futbolchilari vaqtni ko'p cho'zishdi. Bu sizning topshirig'ingizmidi?

- Qaysi murabbiy "gol urib, vaqtni cho'zinglar", deydi?  Aksincha, men ularga qarshi hujumdan unumli foydalanishni buyurdim.

- Qaysi jamoalar Superligadan tushib ketadi deb o'ylaysiz?

- Asosiysi, biz tushib ketmaylik. Meni shu qiziqtiradi.

- "Andijon" o'tgan o'yinga nisbatan kombinacion o'yin ko'rsatdi...

- Qancha ochko to'plaganimizni qarang. Kombinacion futbol namoyish qila olamiz, ammo bizga ochko zarur. Superligada jon saqlab qolish uchun kurashyapmiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia