Viktor Jalilov: "Mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik"

Sherzod Nurmatov
3 okt 2021
Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- O'yinimizdan umuman qoniqmadim. Mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik. Bir qancha vaziyatlarni hosil qildik, ammo ulardan unumli foydalana olmadik. Qayerdadir mahorat, qayerdadir omad etishmadi.

- Bugun Samvel Babayan ko'rinmadi. Unga nimadir bo'lganmidi?

- U betob bo'lib qolgani bois kela olmadi.




Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia