Vidada Turkiyaga qarshi o'yinning tanaffusida koronavirus borligi aniqlandi va u ikkinchi taymda maydonga chiqmadi

Alisher
12 noya 2020
Xorvatiya terma jamoasining 31 yoshli himoyachisi Domagoy Vida Turkiya (3:3)ga qarshi o'rtoqlik o'yinining tanaffusida koronavirus chalinganini bildi.

"Xorvatiya terma jamoasining barcha o'yinchilari va xodimlari dushanba kuni Turkiyaga qarshi o'yin oldidan koronavirusga manfiy natija ko'rsatgandan so'ng, chorshanba kuni Shvetsiyaga qarshi o'yin oldidan ham test o'tkazildi. Bugun federatsiya yarim tundan so'ng test natijalarini oldi va Xorvatiya terma jamoasi o'yinchisi Domagoy Vidaning koronavirusga chalingani ma'lum bo'ldi. Tibbiy xizmatimiz esa ma'lumotni Turkiya bilan o'yinning tanaffusida oldi.

Vida 46-daqiqada zaxiraga olinganidan so'ng natija tasdiqlangunga qadar u barcha epidemiologik standartlarga amal qilgan holda izolyaciya qilindi. Reglamentga ko'ra, Vida keyingi bir necha kunni Istanbulda o'zini izolyaciya qilish bilan o'tkazadi", - deyiladi Xorvatiya terma jamoasi matbuot xizmatida.


AlisherMuallif
Manba: Goal